“Yunayted” kutayotgan murabbiy “Siti”ni boshqarishi mumkin
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola amaldagi shartnomasi yakunlansa, uning ishini “Ayaks”ni boshqarayotgan Erik ten xag muvaffaqiyatli davom ettirishi mumkinligini aytdi.
Qizig‘i shundaki, niderlandiyalik mutaxassis Manchesterning ikkinchi jamoasi – “Yunayted” bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.
- Erik ten Xag “Manchester Siti”da ishlashi mumkinmi? Albatta. U o‘z ishiga yondashuvi bilan bu lavozimga loyiq.
U Niderlandiyadagi muvaffaqiyatlarini Angliya futboliga ko‘chira oladimi? Agar bunga 100 foiz amin bo‘lganimda, “Manchester Yunayted”dagilarga qo‘ng‘iroq qilib, “Yigitlar sizlar uni albatta olishingiz kerak”, derdim. Buni oldindan hech kim bilmaydi. O‘zim ham birinchi kelganimda shunday bo‘lgan. Lekin Erik yaxshi boshqaruvchi ekaniga shubha yo‘q, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar