
“Yuve” ashaddiy raqibi "Milan"dan yangilik kutmoqda
Janluiji Buffonni nafaqatga chiqarishga tayyorlanayotgan “Yuventus” jamoa darvozasini uzoq yillar qo‘riqlaydigan iste’dodli yosh golkiper qidirmoqda. Ayni paytda bu tanlovga mos keladigan yagona nomzod “Milan” posboni Janluiji Donnarummadir.
Kichik Jiji 21 yoshni qarshi olganiga qaramay, yuqori saviyadagi musobaqalarda 200 dan ziyod uchrashuv o‘tkazib, katta tajribaga ega bo‘ldi. Ayni paytda, milanliklar darvozabon bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.
Agar “Milan” Donnarummani ko‘ndira olmasa, “Yuventus” uni jamoaga olib kelishga tayyor. Hozir turinliklar raqib tomondan ana shu yangilikni kutib turibdi. Janluijining o‘zi ham chempion bo‘la oladigan va Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan jamoa sharafini himoya qilishni istaydi.
Fikrlar