“Yuve” Dibalaning talabini bajarmaydi

  • 14 noyabr, 2020, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turin klubi argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Futbolchi klubdan uzoq muddatli shartnoma va kamida yiliga 15 million evro maosh talab qilmoqda. Turinliklar pandemiya sharoitida bunday bitim tuzishdan bosh tortmoqda. Dibala ham o‘z talablarini yumshatishni istamayapti.

Asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Paulo Dibalaning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Avvalroq, klub siyosatidan norozi bo‘layotgan Paulo qishki transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!