
"Yuventus" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Raxim Sterlingni keyinchalik sotib olish sharti bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Bu haqda Italiyaning "Tuttomercato" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "keksa senora"lar angliyalik futbolchini shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan Anxel di Mariya o‘rniga uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, Sterling hozirda jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda va fevral oyi o‘rtalarida safga qaytishi kutilyapti.
Angliyalik mahorat egasi hozircha Premer liganing 15 uchrashuvida ishtirok etib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli "aristokratlar" a’zosi 2022 yilning yozida "Manchester Siti"dan 50 million evro evaziga xarid kilingan edi.
Fikrlar