"Yuventus" chempionlik poygasida qatnashadimi?

  • 21.12.2021 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Kalyari”ga qarshi o‘yindan oldin Italiya A Seriyadagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

"Ertaga g‘alaba qozonishimiz kerak, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. 28 fevral kuni biz kuchli to‘rtlikka kirish yoki kira olmasligimizni bilib olamiz. Kelgusi ikki oyda qilinadigan ishlar ko‘p, ammo mavsumning qolgan qismi ertangi o‘yinga bog‘liq. Agar ertaga g‘alaba qozona olmasak, "Bolonya" ustidan qozonilgan befoyda bo‘ladi", - dedi italiyalik mutaxassis.

Ayni damda “Yuventus” 17 uchrashuvda 31 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!