"Yuventus" darvozaboni APL klubiga o‘tishi mumkin

  • 25.07.2019 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 26 yoshli posbon 15 mln evro evaziga "Benfika"ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin edi. Biroq, tibbiy tekshiruvlar paytida unda jarohat aniqlangach lissabonliklar o‘z fikrlaridan qaytishdi.

Ta’kidlash kerakki, “Aston Villa” bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana APLga qaytdi.

Ma’lumot uchun, Perin o‘tgan mavsum A Seriyada 9ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!