"Yuventus" Gvardiola bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Yuventus" klubi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani Turinga olib kelmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Luiji Guelp xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 48 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ular o‘rtasidagi ilk suhbat 8 mart kuni o‘tkazilgan.
Uning “Yuve”ga kelish yoki kelmasligi may oyi so‘nggida, ya’ni mavsum yakunlangach ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar