"Yuventus" paytdan foydalanib "Chelsi"ning 4 nafar futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 10 mart, 2022, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning birdaniga to‘rt nafar futbolchisi "Yuventus"ning  qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi himoyachi Antonio Ryudiger, yarim himoyachi Jorjino, shuningdek, qanot himoyachisi Hakim Ziesh va Kristian Pulishichga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Jorjino “Yuventus”ning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. "Yuventus" "Roma"dan Nikolo Dzanolo qo‘lga kirita olmasa, aynan Ziesh va Pulishich bu borada italiyalik futbolchiga muqobil bo‘ladi.

Ryudigerga kelsak, uning “Chelsi” bilan shartnomasi yozda tugaydi va erkin agent sifatida “keksa sinora” bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq “Chelsi”ga yangi futbolchilar sotib olmaslik va tarkibdagi mavjud futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmaslik bo‘yicha taqiq qo‘ylgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!