“Yuventus” Ronalduni sotishga qaror qildi. Xaridor deyarli aniq

  • 10 noyabr, 2020, 00:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga qaror qildi. Bu orqali Turin klubi portugaliyalik to‘purarni olish uchun “Real”ga to‘langan 100 million evro miqdoridagi mablag‘ning ma’lum qismini g‘aznaga qaytarmoqchi.

Tecno

Ma’lumki, Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Krishtianuning o‘yiniga hech qanday e’tiroz yo‘q. Biroq, klub xo‘jayinlari ham agar portugaliyalik yulduzni yozda sotib yubormasa, keyin uning transferidan ko‘zlangan foydani olib bo‘lmaydi.

Qolaversa, yaqinda 36 yoshni qarshilaydigan hujumchining 31 million evrolik maoshi ham pandemiya sharoitida klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Ayni paytda Krishtianu Ronalduga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, AQSh va Xitoyning badavlat klublari ham amaldagi futbolchilar o‘rtasida eng ko‘p gol urgan forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.

“Yuventus” Ronaldusiz qoldi

Ronaldu kutayotgan Di Mariya Neymarning yo‘lini tanladi

Ronaldu A Seriya klublarining terma jamoalarga qarshi chiqishiga sababchi bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!