"Yuventus" yana mavsumni 12-o‘rinda yakunlaydimi?

  • 31.10.2021 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” kecha Italiya A Seriyasining navbatdagi turida safarda “Verona” mehmoni bo‘ldi 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa joriy mavsumning dastlabki 11 ta turida bor yo‘g‘i 15 ochko to‘pladi va o‘z darvozasidan shuncha gol o‘tkazib yubordi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, “keksa sinora” chempionatning dastlabki 11 turida bu qadar ko‘p gol so‘nggi marta bundan 60 yil muqaddam, ya’ni 1961/1962 yilgi mavsumda o‘tkazib yuborgan. O‘shanda “Yuve” mavsumni 12-o‘rinda yakunlagan edi.

Bundan avvalroq “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z jamoasini ayni damda A Seriyaning o‘rtamiyona jamoalaridan biri sifatida aytgan edi. Turin klubi musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!