
"Yuventus"ga yangi direktor keladi
Turinliklar darvozasini qo‘riqlagan Marko Storari jonajon klubida rahbarlik lavozimiga tayinlanadi.
43 yoshli sobiq futbolchi “Yuventus” direktori bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda tez orada e’lon qilinadi.
Storari 2010-2015 yillar orasida “Yuventus”da 64 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shuningdek, tajribali darvozabon “Napoli”, “Sampdoriya”, “Milan” va “Levante” kabi jamoalar darvozasini qo‘riqlab, futboldagi faoliyatini ikki yil muqaddam to‘xtatgan edi.
Fikrlar