“Yuventus”ni to‘xtatgan murabbiy yangi shartnomadan bosh tortdi

  • 4 aprel, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning navbatdagi turida “Inter” Turinda “yuventus”ni kichik hisobda engdi. Bu mag‘lubiyatdan keyin turinliklar chempionlik kurashidan chiqdi.

Tecno

Milanliklar bosh murabbiyi Simone Indzagi bahsdan keyin “Inter”ning yangi shartnomasini qabul qilmaganini bildirdi.

- Ikki yillik shartnomam bor. Klub menga uni uzaytirishni taklif qildi. Men shoshilmaslikni so‘radim. Menimcha, hozir shartnoma masalasi dolzarb emas. Etti oylik faoliyat davomida “Jenoa”, “Torino” va “Fiorentina” bilan bo‘lgan o‘yinlarda ochko yo‘qotdik. Shunga qaramay, klub, o‘yinchilar va muxlislar ishonchini his qilyapman, - dedi Simone Indzagi.

Chempionlik unvonini himoya qilayotgan “Inter” bu galgi chempionatda 63 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Indzagi shogirdlari skudetto uchun kurashda “Milan” va “Napoli”dan ortda qolyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!