Yuz ellik million yevro! Manchesterliklar "Real"ning ikki yulduzini birdan oladi
«Manchester Yunayted» jamoasi Madriddning «Real» klubida to‘p surishga haqli bo‘lgan ikki yarim himoyachi – Orelien Tchuameni va Eduardo Kamavingaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Angliya grandi bu ikki fransuz futbolchisiga nisbatan ancha vaqtdan beri da’vogarlar qatorida tilga olib kelinadi.
Transfer News Live nashrining ElNacional manbasiga tayanib xabar berishicha, manchesterliklar shu yozda «Real»ning ikki yarim himoyachisini bir vaqtning o‘zida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Madrid klubi esa ushbu futbolchilarni sotish orqali taxminan 150 million yevro ishlab topishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Bu mablag‘ «Manchester Siti» safida o‘ynayotgan Rodrining transferi uchun sarflanishi mumkin.
Ayni paytda Tchuameni va Kamavinga «Real»da qolish tarafdori ekani qayd etilmoqda. Biroq «Manchester Yunayted» rasmiy taklif bilan chiqsa, vaziyat keskin o‘zgarishi ehtimoli bor.

Fikrlar