Zaxiradan maydonga tushgan Abduqodir Husanov necha ballga loyiq ko‘rildi?
Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 17-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Bellashuvning 67-daqiqasida esa hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Ispaniyalik mutaxassis hisobdan kelib chiqqan holda, vakilimizni o‘yinga tashladi.
To‘qnashuvdan so‘ng esa bir necha mashhur portallar Husanovning o‘yinini turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 6.5 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.9 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 6.7 ball berdi.

Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 27 dekabr kuni "Nottingem Forest"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 17:30’da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar