"Zenit", "Rostov" va "Rubin" klubida to‘p tepgan futbolchi "Buxoro" bilan shartnoma imzoladi

  • 04.03.2019 12:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Artyom Kulesha yangi mavsumni Buxoroda o‘tqazadi. Rossiyalik himoyachi Artyom Kulesha Sankt-Peterburg futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi «Zenit», «Rostov», «Rubin», «Dinamo» (SPB), «Znamya Truda» (Orexovo-Zuevo), «Okean» (Kerch), «Yunior» (SPB), «Kultsu» (Finlyandiya) kabi jamolarida to‘p tepgan.

Kulesha fevral oyida "Buxoro" klubida ko‘rikdan o‘tib, bir necha nazorat uchrashuvlarida maydonga tushgan edi. Murabbiylar shtabida iliq taasurot qoldirgan Artyom Kulesha jamoaga taklif qilindi.

Shuningdek, ertaga jamoa yig‘iniga yana ikki futbolchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Ular: 2017 yil jamoa safida ajoyib mavsum o‘tqazgan himoyachi, ukrainalik legioner Vladimir Baenko va yarim himoyachi Ergash Ismoilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!