Zidan “Manchester Yunayted” bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 2 mart, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga Zinedin Zidanni olib kelishni rejalashtirayotgan edi.

Tecno

Frantsiyalik mutaxassis 2021 yili “Real” boshqaruvini tark etganidan buyon ishsiz yuribdi. Shunga qaramay, Zidanga har yili jiddiy takliflar tushyapti.

RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha, Zinedin Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishga qiziqish bildirgani yo‘q. Manchesterliklardan rasmiy taklif tushgan taqdirda ham Zidan uni qabul qilmaydi.

“Real”da ikki marotaba bosh murabbiy bo‘lgan frantsiyalik mutaxassis Ispaniyaning ikki karra chempioni, Superkubok sohibi, Evropa Chempionlar ligasining uch karra g‘olibi bo‘lgan.

Unga keyingi yillarda “Marsel”, PSJ, “Yuventus”, “Bavariya”, Jazoir terma jamoasidan takliflar bo‘ldi. Biroq, Zidanning asl maqsadi Frantsiya terma jamoasini boshqarish bo‘lganligi sababli u biror jamoa bilan kelishuvga kirishgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азимов Хасанбой
04/03/2024 14:07
Зидан куркок Реалдан бошка командани оёкка тургизишни эплолмаслигидан куркади. Анчелоттини исьефосини кутиб юраверади чунки Реал тайёр каманда Зиданми любой бошка тренер бусаям кучли уйнуради ва натижа курсатуради.