Zidan "Yuventus" futbolchisini Madridga olib kelmoqchi
Tuttosport xabariga ko‘ra, frantsiyalik mutaxassis bu borada klub prezidenti Florentino Peresga 28 yoshli futbolchini sotib olishni so‘rab murojaat qilgan. Pyanichning transferi 90 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, bosniyalik futbolchi 2016 yildan buyon turinliklar sharafini himoya qilib keladi. U joriy yilgi mavsumda A Seriyada 23 bahsda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar