Zidanga yangi ish topildi

  • 17 fevral, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” klubi Andrea Pirlo qo‘l ostida so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Bu Turin superklubi xo‘jayinlarini qoniqtirmayapti. Yosh murabbiyga tajriba etishmayotgani yaqqol sezilib turibdi.

Shu bois, “Yuve” rahbariyati jamoaga “Real”ni boshqarayotgan Zinedin Zidanni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ular bu borada frantsiyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgani aytilmoqda.

Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” o‘tgan mavsum Ispaniya chempionligi qo‘lga kiritgan va bu yil ham bosh sovringa asosiy da’vogarlardan hisoblanadi. Shunga qaramay, Zidanning ham “Qirollik klubi”dan ketishi haqidagi xabarlar ko‘p tarqatilmoqda. Demak, 48-yoshli mutaxassis Madriddan ketgan taqdirda ham ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!