"Сити" zo'r futbolchini chempion jamoa bilan talashyapti

  • 22.06.2026 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» jamoasida to‘p surayotgan himoyachi Malo Gyusto yozgi transfer oynasidan so‘ng jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida Fichajes nashri tayanib xabar bermoqda.

London klubi 23 yoshli fransuz futbolchisini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Bunda «sinilar» rahbariyatini qoniqtiradigan taklif tushishi kerak. Ehtimoliy transfer uchun aniq summa hozircha oshkor etilmagan.

Gyustoni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlar sifatida «Manchester Siti» va «Inter» tilga olinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, har ikki klub vakillari futbolchining agenti bilan dastlabki aloqa o‘rnatgan.

Futbolchiga ayniqsa «Manchester Siti» katta qiziqish bildirmoqda. Klub Enzo Mareski boshchiligida yangi tarkibni shakllantirishni davom ettirayotgani aytilmoqda. U Pep Gvardiola jamoani tark etganidan so‘ng bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

«Inter» esa Gyustoni Denzel Dyumfrisga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ommaviy axborot vositalari gollandiyalik himoyachini madridlik «Real» bilan bog‘lamoqda.

Malo Gyusto «Chelsi»ning o‘ng qanot himoyasidagi asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Uning barqaror o‘yini tufayli futbolchiga Evropaning yetakchi klublari e’tibor qaratgan. Endi uning transferi uchun Italiya chempioni va Angliya Premier-Ligasining yetakchi klublaridan biri o‘rtasida jiddiy kurash boshlanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!