Zo‘r variant: Ronaldu o‘rniga Neymar!
PSJdan ketishga qaror qilgan Neymar “Manchester Siti”da Krishtianu Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin.
Ma’lumki, braziliyalik futbolchi klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiyning tanqididan keyin PSJdan ketishni istayapti. O‘z navbatida, Ronaldu ham manchesterliklardan o‘zini boshqa klubga qo‘yib yuborishni so‘rayapti.
“Manchester Yunayted” Ronaldudan voz kechib, o‘rniga undan yoshroq bo‘lgan Neymarni olib kelishi kutilmoqda.
Neymar “Yuventus” bilan muzokara olib borayotgani haqida ham xabarlar tarqatildi. Shuningdek, “Nyukasl” anchadan beri bu yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar