Chempionlar ligasi g‘olibi Fayzullaevga e’tibor qaratdi

  • 28 dekabr, 2023, 16:37
  • 0
  • Futbol

Abbosbek Fayzullaev o‘zbek futbolining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan hisoblanardi. Bir yil muqaddam uni yurtimizda ham ko‘pchilik yaxshi tanimas edi. Katta futbolga qadam qo‘yishi bilan o‘z salohiyatini namoyish eta olgan Fayzullaev o‘zbek futbolida o‘z o‘rnini topib bormoqda.

Fayzullaev avgust oyida “Paxtakor”dan Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin Rossiyadagi futbol jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga qarata oldi. 20 yoshli legionerimiz juda qisqa fursat – ikki-uch oyda murakkab liganing eng zo‘r o‘yinchilari qatoriga qo‘shildi.

Ayni paytda Abbosbek Fayzullaev Rossiya futbolida eng ko‘p muhokama qilinayotgan o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

Sports.uz  portali o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga rossiyalik futbol ekspertlarining Abbosbek Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarini havola qilishda davom etadi.

Dmitriy Alenichev, “Lokomotiv”, “Spartak”, “Portu” sobiq futbolchisi, Evropa Ligasi va Chempionlar ligasi g‘olibi:

large

Chempionatdagi plyuslar haqida gapirsam, menga Fayzullaev juda yoqdi. Bu TsSKA uchun juda zo‘r transfer.  Pinyaev barqaror bo‘lmasa ham iqtidorli o‘yinchi. Tyukavin va Spertsyanni ham mavsum kashfiyotlari deyish mumkin. Bu o‘yinchilar o‘z iqtidorini namoyish qilishda davom etsa, Evopaning kuchli ligalariga o‘tish imkoniyati bor.

Konstantin Alekseev, jurnalist:

Abbos Fayzullaev – tezkor oyoq harakatlari va muntazam o‘tkir hujumlar, degani. Boshida moslashish uchun juda kam vaqt sarfladi va yil oxiriga borib, 20 yoshli o‘zbek hammasini joyiga soldi. Oxirgi sakkizta uchrashuvda 1+8 ball. Abbos kutilmaganda TsSKAning haqiqiy etakchisiga aylandi.

Denis Popov, TsSKAning sobiq futbolchisi

Abbosbek Fayzullaev – yosh va istiqboli porloq yigit. Hech kim uni tanimas edi, lekin Premer-ligaga kelib, zo‘r futbolchi ekanini ko‘rsata oldi.

Saviyasi yuqori jamoalar va futbolchilarni o‘rtamiyonalardan qaysi jihatlar ajratib turishini bilasizmi? Ularning qay darajada uzoq muddat yuqori saviyada o‘ynay olish qobiliyati ajratib turadi.

Boshida raqiblar ularga jiddiy e’tibor qaratmasligi mumkin, lekin keyinchalik vaziyat tubdan o‘zgaradi.

Kelasi yildan maydonda Fayzullaevga umuman boshqacha munosabat bo‘ladi. Uning o‘yiniga raqib tomondan individual yondashuv bo‘ladi.  Bundan buyog‘iga Abbos faoliyatida tubdan burilish yasaydigan va ko‘p narsaga oydinlik kiritiladigan davr boshlanadi.

Agar Fayzullaev ana shu sinovlarda matonat bilan engib o‘tsa, unda buyuk futbolchi bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi.

Valeriy Masalitin, TsSKA sobiq futbolchisi:

Bugungi kunda Fayzullaev TsSKAning eng zo‘r o‘yinchisi. U “armiyachilar” hujum chizig‘ida eng foydali futbolchi. Abbosbekning kelajagi qanday bo‘lishi noma’lum. Agar u haqiqatan aqlli futbolchi bo‘lsa, rivojlanishda, o‘sishda davom etadi.

e4abbbee433032a416f62032804762e365622831cd6cf592137055

Abbosbek Fayzullaev TsSKA safida barcha turnirlarda 18 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Bugungi kunda iste’dodli futbolchimizning transfer summasi 4 million evroni tashkil qilyapti.

Fayzullaevga Evropadan e’tibor bo‘ldi

Odil Ahmedov: Eto′O eski kelishmovchilik tufayli Roberto Karlosni jamoadan olib tashlagan edi...

O‘zbekistonda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!