Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

  • 25 iyul, 08:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” o‘tgan mavsumda ketma-ket to‘rt yil davomida qo‘lga kiritilgan Angliya chempionligini “Liverpul”ga boy berganidan keyin Xosep Gvardiola tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi.

Tecno

Buyuk Britaniyaning sportsmole.co.uk portali etakchi reportyori Oliver Tomas  Esteemed Kompany kompaniyasining “Manchester Siti” bo‘yicha eksperti Stiven Makinernining “shaharliklar” transfer siyosati tahlilini keltirib o‘tdi.

Sports.uz portali ushbu tahliliy maqolani Abduqodir Husanov hurmatidan “Manchester Siti”ga ishqibozlik qilayotgan o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola etadi.

Stiven Makinerni tahlilda quyidagi fikrlarni ilgari surdi:

- “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Manuel Akanjining “Galatasaroy”ga o‘tishi hammani qoniqtiradigan transfer hisoblanadi. Chunki bu futbolchi ayni paytda klubning yosh himoyachilari yo‘lini to‘sib turibdi. Aslida yoshlar Xosep Gvardiola qo‘l ostida ko‘proq o‘yin o‘tkazishlari lozim.

Akanji “Siti”ga 2022 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan 15 million funt sterlingga yaqin mablag‘ evaziga olib kelingan va “shaharliklar” tarkibidagi debyut mavsumini trebl bilan yakunladi.

Akanji jamoaning Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va klub tarixida birinchi bor Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishida muhim rol o‘ynadi.

Shveytsariyalik himoyachi hozirga qadar manchesterliklar safida barcha turnirlarda 136 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Biroq, yaqinda 30 yoshni qarshi olgan futbolchi keyingi paytda tanqidlarga ko‘p nishon bo‘lib kelyapti. Uning shartnomasi yakunlanishiga hali yana ikki yil bor. Lekin Akanji shu yoz Turkiyaga ketishi mumkin.

“Galatasaroy” mutasaddilari Ederson va Ilkay Gyundog‘anga qiziqayotgani bilan bir qatorda Akanji transferini uddalashga ham harakat qilmoqda. Agar bu kelishuv amalga oshishi uchun Manuel maosh talabini biroz pasaytirishiga to‘g‘ri keladi.

Mening bu transferlarga munosabatim ijobiy. Hozir “Siti”dan qancha ko‘p futbolchi ketsa, shuncha yaxshi. Akanji yaxshi o‘yinchi, biroq u ham trebldan keyin o‘yinida pasayish ro‘y bergan futbolchilar qatoriga kiradi.

“Manchester Siti”da ayrim ijrochilar o‘z imkoniyatlari cho‘qqisiga chiqib bo‘lgani va endi faqat quyiga sho‘ng‘iyotgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Chunki bunaqa yuqori darajani ushlab turish oson emas.

Akanjining yoshi va tarkibni yangilash zaruratidan kelib chiqib, men jamoaga olingan Vitor Reys, Abduqodir Husanov va Juma Ba kabi yosh markaziy himoyachilarga imkoniyat berilishini istayman.

Ruben Diash va Yoshko Gvardiol juda kuchli tandem, biroq men maydonda bundan buyon Husanov va Reysni ko‘rmoqchiman, ularning ham salohiyati juda ulkan.

Jamoa tarkibni qayta shakllantirayotgani mantiqan to‘g‘ri. Bu jarayonda Akanji yosh o‘yinchilar, xususan, o‘tgan mavsum o‘zini ko‘rsata olgan Husanov va etarli darajada imkoniyatga ega bo‘lmagan Reysning yo‘lini to‘syapti.

Shu bois, men Akanjining ketishini xotirjam qabul qilaman. O‘ylashimcha, boshqa klubda faoliyatini qayta jonlashtirish uning o‘ziga ham foyda. Men oddiy muxlis sifatida ham Akanjining o‘yinida pasayish davom etayotganini ko‘rib turibman. U ko‘p xato qilyapti, konventratsiyasi ham avvalgidek emas. Hozir jamoaga kurashga chanqoq yoshlar kerak. Shuning uchun ham uning “Galatasaroy”ga o‘tishi hammani qoniqtiradi.

Akanji – himoyachilar orasida ketishga asosiy nomzod. Chunki Jon Stounz va Natan Ake kabi yoshi katta va ko‘p jarohat olayotgan o‘yinchilarga boshqa klublar tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani yo‘q, - dedi Stiven Makinerni.

Fayzullaevning TsSKAdan ketish sabablari aytildi
Husanov o‘rnini bosadigan himoyachi qidirishyapti

Tezkor: Fayzullaev TsSKAdan ketdi, keyingi manzil aniq

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!