"Bavariya" etakchilaridan biri safdan chiqdi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Gap futbolchining son mushaklari cho‘zilgani haqida bormoqda. Shu bois Alkantara "Bavariya"ning Qatarda davom etayotgan yig‘inida ortiq ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Bundesligadagi navbatdagi uchrashuvni 20 yanvar kuni "Frayburg" jamoasiga qarshi o‘tgazadi.

Fikrlar