
Chicharito to‘purar yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
Bugun Meksika terma jamoasi AQShda Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. E’tiborlisi, bugungi kunda “Bayer”da to‘p surayotgan Xaver Ernandes ushu bahsda to‘p kirigan xolda, “atsteklar” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Biz esa shu munosabati bilan Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar kimlar ekanligini bilishga harakat qildik.
>>“Bavariya”ning so‘nggi 5 sardori
>>Bu futbolmi yoki amerikancha futbol yoxud APL tarixidagi eng qo‘pol futbolchilar
>>Ronaldu qo‘ygan kechagi rekord. Messi undan osha oladimi?
5. Karlos Ermosilo – 35 ta gol
1984-1997 yillarda terma jamoada to‘p surgan Ermosilo bu vaqt davomida bosh jamoa safida 90 ta bellashuvda maydonga chiqib, raqiblar darvozasini 35 marta ishg‘ol etishning uddasidan chiqadi.
>>Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”
4-5. Luis Ernandes – 35 ta
Luis Ernandes esa 1995-2002 yillarda terma jamoadan chaqiruv olar edi. Xususan, Luis mamlakat bosh jamoasi safida Konfederatsiyalar kubogi xamda KONKAKAF Oltin kubogini qo‘lga kiritadi. Ushbu yutuqlarga esa o‘zining gollari bilan xissa qo‘shgan Ernandes terma jamoa to‘purarlari orasida 4-o‘rinda(o‘yinlar va gollar nisbatiga ko‘ra, muallif) qayd etilib kelinadi.
>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak!
3. Kuautemok Blanko – 39
Chicharitodan oldingi avlod to‘purari Blanko edi. “Atsteklar” safida 120 ta bahsda maydonga tushgan antiqa ism egasi raqiblar darvozasini 39 bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Blanko terma safida ikki bor qit’ada tengsiz bo‘lgan bo‘lsa, bir bor Konfederatsiyalar kubogida zafar muvaffaqiyat qozongan.
>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida
1-2. Xared Borxetti – 46 ta
Oldingi rekord egasi 1997-2008 yillarda terma safida to‘p surib kelgan. Bu vaqt davomida 89 bellashuvda maydonga tushgan Borxetti raqiblar darvozasini 46 bor nishonga olgan. Darvoqe, 2003 yilgi “Oltin kubok” sohibi “Santos Laguna” klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham ekan.
>>Buffon eta olmagan rekord haqida
1-2. Xaver Ernandes(Chicharito) – 47 ta
Ko‘pchiligimiz Chicharito deyishga odatlangan va “MYu”dagi faoliyati bilan tanish bo‘lgan Ernandes bugungi Meksikaning etakchi futbolchisidir. 2009 yildan buyon mamlakat bosh jamoasi libosida to‘p surib kelayotgan Ernandes raqiblar darvozasini 47 marta nishonga olishga ulgurdi. Eslatib o‘taman, uning yoshi endigina 28 da. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz:
- Messini kamsitmang!
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar