
EChL finalini boshqaradigan hakam: Men maktabimizda, sinflar o‘rtasidagi o‘yinni boshqarganman
Ertaga bo‘lib o‘tadigan Evropa Chempionlar ligasi finalida ishlaydigan hakam Feliks Brix final oldidan o‘z hissiyotlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men futbolchi bo‘lganman. Ammo jiddiy jarohatga yo‘liqqanimdan so‘ng hakamlikka o‘tganman. Men maktabimizda sinflararo o‘yinlarni boshqarganman. Shunday ekan, men hakamlikni juda mayda qadamlar bilan boshlaganman deyishim mumkin. Mening hakamlar orasidagi kumirim yo‘q. Shuningdek, hech qachon ko‘chirmachilik qilmayman. Mening o‘z uslubim bor.
EChL madhiyasini eshitgan zahotiyoq, faqat o‘yin haqida o‘ylashni boshlayman. Muximi, o‘yinni yaxshi boshlay olish kerak. Shunda o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortadi. Klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda ishlash men uchun katta sharaf. Bu o‘yinni intizorlik bilan kutmoqdaman”, – deb nemis hakamining so‘zlarini keltirib o‘tdi UEFA rasmiy sayti.
Fikrlar