Evropa Ligasi. Zlatan Ibragimovich «Sent-Eten»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Biroz avval Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z yakuniga etdi. Ushbu bosqich doirasida Frantsiya chempionati vakili «Sent-Eten» klubini qabul qilgan «qizil iblislar» shvetsiyalik «futbol afsungari» Zlatan Ibragovich tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozonishdi.
Evropa ligasi. “Selta” va “Borussiya M” mag‘lub bo‘ldi va boshqa uchrashuvlardagi natijalar
Barchaning e’tibori aka-uka Pogbalarning “Old Trafford”dagi qarama-qarshiligiga qaratilgan bir paytda, 35 yoshli Ibra Stefan Ryuffe qo‘riqlayotgan darvozani ketma-ket uch bor ishg‘ol etdi va so‘nggi 14 uchrashuvdagi 17-golini kiritib, o‘ziga xos rekord qayd etdi.
"Tottenxem” klubi Belgiyada ham mag‘lub bo‘lishni «uddaladi»
Dastlabki gol stadionga yig‘ilgan muxlislarni uzoq kuttirib qo‘ymadi va 15 daqiqadayoq “Manchester Yunayted” hisobda oldinga chiqib olishdi. Zlatan Ibragovichning jarima to‘pini biroz noodatiy tarzda amalga oshirgan bo‘lsada, raqib futbolchilariga tegib o‘z traektoriyasini o‘zgartirgan to‘p «Sent-Eten» darvozasidan joy oldi.
Evropa Ligasi. «Krasnodar» kichik hisobda g‘alaba qozondi
Ikkinchi bo‘lim o‘z nihoyasiga etishiga 15 daqiqa qolgan pallada, yana o‘sha Zlatan Ibragimovich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Markus Reshford Ibrani to‘p bilan ta’minladi va shvetsiyalik hujumchi to‘pni ochiq qolgan darvozaga osonlikcha joylab qo‘ydi.
Evropa ligasi. «Rostov» va Serdar Azmun «Sparta» vakillarini ayamay «savaladi»
88 daqiqaga kelib «Sent-Eten» vakillari o‘z jarima maydoni ichida Markus Reshfordni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi va bosh hakam 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. Ushbu qulay imkoniyatni Zlatan Ibragimovich golga aylantira oldi va navbatdagi “het-rik”ni qayd etdi.

Manchester Yunayted (Angliya) – Sent-Eten (Frantsiya) 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Ibragimovich, 2:0 – 75 Ibragimovich, 3:0 – 88, Ibragimovich (penalti).
Manchester Yunayted: Romero, Valensiya, Bayi, Smolling, Blind, Fellayni (Lingard, 46), Errera, Pogba, Mata (Reshford, 70), Ibragimovich, Marsyal (Yang, 85).
Sent-Eten: Ryuffe, Malkyui, Teofil-Katrin, Perren, Pogba (Berich, 79), Veretu, Pajo (Selnes, 72), Jorje Intima (Ru, 65), Seve, Monne-Pake, Amuma.
Ogohlantirishlar: Marsyal (47), Errera (58), Pajo (64), Lingard (67), Pogba (71).

Fikrlar