Harri Keyn Terri Anridan zo‘r chiqib qoldi yoxud eng tezkor to‘purarlar reytingi
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida "Uotford" darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan "Tottenxem" hujumchichi Harri Keyn dastlabki yuzta uchrashuvda eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoriga qo‘shildi.
Angliya chempionatlaridagi yuzinchi uchrashuvida 59-golini kiritgan Harri Keyn bu ro‘yxatda sakkizinchi pog‘onadan joy olgan "Arsenal"ning mashhur hujumchisi Terri Anriga etib oldi. Keyn APLdagi faoliyatini 2012 yilning 3 avgustida boshlagan. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda 17 ta o‘yinda 12 ta gol urdi.
Yuzta uchrashuvda ko‘p gol urish bo‘yicha Alan Shirer peshqadamlik qilmoqda. "Nyukasl"ning afsonaviy hujumchisi qayd etgan natidani hali hech kim takrorlay olgani yo‘q.
Umumiy ro‘yxat bilan tanishing:
1. Alan Shirer (79 gol)
2. Ruud van Nistelroy (68)
3. Serxio Aguero (64)
4. Endi Koul (63)
Fernando Torres (63)
Robbi Fauler (63)
7. Luis Suares (62)
8. Harri Keyn (59)
Terri Anri (59)

Fikrlar