Merganlarimiz xalqaro turnirda munosib ishtirok etmoqda

CHERY AUTO

Qozog‘istonda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha “Oltin mergan” xalqaro turniri davom etmoqda. Musobaqalarda mamlakatimizning etakchi sportchilari barcha mashqlarda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan ekanini namoyish etishmoqda. 

Xalqaro turnirning uchinchi kuni merganlar kichik kalibrli miltiqdan o‘q uzish bo‘yicha bor mahoratlarini ishga solishdi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan MV9 mashqlarida (bunda sportchilar 50 metr masofada yotgan holda nishonga o‘q uzishadi – SPORTS.uz) ham kutilganidek g‘oliblik uchun kurash O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari o‘rtasida kechdi.

Erkaklar o‘rtasidagi shaxsiy birinchilik uchun bo‘lgan bahslarda qozog‘istonlik Ilya Fedin 624,4 ochko bilan oltin medalni rasmiylashtirdi. Hamyurtimiz Roman Goloщapov esa 623,5 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa hamyurtimiz Sakina Mamedova eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi. U 620,8 ochko to‘plab barcha raqobatchilarini ortda qoldirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!