
Messi antirekord ostonasida turibdi
Ertaga Ispaniya La ligasda so‘nggi tur o‘yinlariga yakun yasaladi. “Barselona” o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qiladi. Ushbu mavsum Lionel Messi 2008/09 yilgi mavsumdan buyon ilk bor La ligada mavsumni “xet-trik”siz yakunlashi mumkin. So‘nggi bor Messi o‘tgan mavum 3 mart sanasida “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini 3 bor aniq nishonga ola bilgan edi. Lionel ertangi o‘yinda ham “xet-trik” qayd eta olmasa, shaxsiy antirkord qo‘ygan bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Messi La ligada bu mavsum o‘z hisobiga 35 ta gol yozdirib qo‘ygan va to‘purarlar bahsida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar