“Real” klub prezidenti bo‘lishni xohlayotgan Nadalni tabrikladi
Madridning “Real” klubi ispaniyalik tennischi Rafael Nadalni Sten Varinka ustidan qozonilgan “Rolan Garros” turniridagi g‘alaba (6:2, 6:3, 6:1) bilan tabrikladi.
Madrid klubi direktori bo‘lishni xohlayotgan 31 yoshli tennischi “Rolan Garros” musobaqasida 10-marta bosh sovrinni boshi uzra baland ko‘tardi.
– Rafa Nadalni “Rolan Garros”dagi 10-g‘alaba bilan tabriklaymiz, – deya ovozli yozuv qoldirgan “Real” tvitteri.

Fikrlar