Ronel Iglesias Riodagi mag‘lubiyat uchun Shaxram G‘iyosovdan revansh oldi

BEPUL PROPAN

​O‘zbek bokschilaridan tashkil topgan “Uzbek Tigers” jamoasi Jahon Boks Seriyalarida (World Series of Boxing) o‘z yurishlarini davom ettiradi. Bu safar ular ushbu musobaqaning chorak final javob uchrashuvida Kuba poytaxti Gavana shahrida “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi jang qilishmoqda.

Hamyurtlarimiz Jasurbek Latipov hamda Elnur Abduraimovning chiqishlaridan so‘ng, ringga 69 kg vazn toifasida Shaxram G‘iyosov chiqib keldi. O‘z vazn toifasida Osiyoning tengsiz bokschisi hisoblangan Shaxram ushbu jangda kubalik Ronel Iglesiasga qarshi ajoyib tarzda jang olib boradi.

Keskin zarbalar almashinuvi bilan o‘tgan birinchi raundni o‘z foydasiga hal etgan raqib jamoa bokschisi keyingi raundlarda ham ustunlikni qo‘ldan boy bermadi.

Yakunda ochkolar bo‘yicha Ronel Iglesias g‘alabani qo‘lga kiritdi va Riodagi mag‘lubiyat uchun Shaxram G‘iyosovdan revansh oldi

Umumiy hisob

"Cuba Domadores" 5:3 "Uzbek Tigers"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!