Totti Buffonga etib oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Italiya A Seriyasida 38-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Roma” o‘z maydonida “Jenoa”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborlisi, mazkur o‘yin “Roma” afsonasi – Franchesko Totti uchun “bo‘rilar” safidagi so‘nggi o‘yini edi. Murabbiylar uni 54-daqiqada zahiradan maydonga tushirishdi va u A Seriyadagi 619 o‘yinini o‘tkazdi.

“Rim imperatori” bo‘lgan Totti bu borada xuddi shuncha o‘yin o‘tkazgan “Yuventus” posboni Janluidji Buffonga tenglashib oldi.

A Seriyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa bu “Milan”ning  afsonaviy himoyachisi Paolo Maldinidir – 600 ta o‘yin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!