WSB: Hasanboy Do‘smatov raqibiga revansh olish uchun imkon bermadi

CHERY AUTO


The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” o‘rtasidagi uchrashuvning eng mashhur bokschisi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do‘smatov boks kechasining so‘nggi jangida Bator Sagaluevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Hasanboy Do‘smatov WSB turnirida biror marta mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschimiz bu safar ham raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, "Uzbek Tigers"ning mutloq g‘alabasini ta’minladi.

Tecno



Eslatib o‘tamiz, bu bokschilari o‘tgan yili Rossiyada o‘tkazilgan uchrashuvda to‘qnash kelishgan va unda hamyurtimiz g‘alaba qozongan edi.

Shunday qilib, "Uzbek Tigers" bu mavsumda barcha ilk marta barcha janglarni o‘z foydasiga hal qildi. Bir oz avval Abdulhay ShoarhmatovElnur Abduraimov, Isroil Madrimov va Zuhriddin Mahkamov ham g‘alaba qozongan edi.

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!