Zlatan Ibragimovichning rekordlari (2-qism)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Zlatan Ibragimovich tomonidan o‘rnatilgan rekordlar haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

Bugun Shvetsiyalik futbolchining ana shu rekordlari haqidagi maqolaning ikkinchi qismini ham e’tiboringizga taqdim etamiz.

Uchta Evropa chempionatida gol urgan shvetsiyalik yagona futbolchi

Ibragimovich uchta Evroda gol urgan shvetsiyalik yagona o‘yinchi hisoblanadi. Biroq u jamoasi bilan qit’a chempionatida medal qo‘lga kirita olmagan.

PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Zlatan 2012-2016 yillar mobaynida parijliklar libosida 180 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 156 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa u PSJ tarixidagi eng sermahsul to‘purar nomini Pedro Pauleta (109 gol)dan tortib oldi.

PSJning Frantsiya chempionatida eng ko‘p gol urgan futbolchisi

Ibragimovich Liga1 da PSJ uchun eng ko‘p gol urgan futbolchi nomiga ham egalik qilmoqda. Shved futbolchisi chempionatda 122 o‘yinda 113 gol urgan. Shunchaki ajoyib natija!

PSJ libosida 3 marta chempionat to‘purari bo‘lgan yagona futbolchi

Hujumchi 2013 yili 30 ta, 2014 yili 26 ta va 2016 yili 38 ta gol bilan Frantsiya chempionati to‘purari bo‘ldi. Hali hech bir futbolchi PSJ libosida 3 marta eng yaxshi to‘purar bo‘lmagan edi. Ibragimovich bu borada ham birinchi bo‘ldi.

Liga1 da bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi

2015/2016 yilgi mavsumda 35 yoshli hujumchi 38 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lgani haqida yuqorida eslatib o‘tdik. Shu tariqa, Ibragimovich Frantsiya chempionatida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida ham tarixdan joy oldi.

Frantsiya chempionatida eng tezkor "xet-trik"ka erishgan futbolchi

2016 yilining 13 mart kuni PSJ "Troya" bilan to‘qnash keldi. Ana shu bellashuvda parijliklar hujumchisi Ibragimovich 9 daqiqa ichida 3 ta gol urdi va chempionatdagi eng tezkor "xet-trik" muallifi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.

PSJning ChLdagi eng sermahsul to‘purari

Ibragimovich PSJ libosida Evropa Chempionlar ligasi turnirida 20 ta golga mualliflik qilgan. Shu tariqa Zlatan Parij jamoasi uchun mazkur musobaqada eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi nomini ham o‘ziniki qilib oldi.

Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!