
Asosiy tarkib o‘yinchisiga aylangan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Italiya A Seriyasining 28-turida “Roma” safarda “Empoli” mehmoni bo‘lib, qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdi. “Bo‘rilar” Matias Sulening 22-soniyada kiritgan tezkor goli evaziga chempionatda ketma-ket beshinchi g‘alabasini nishonladi.
Zaxira o‘yinchisidan boshlang‘ich tarkib futbolchisiga aylangan Eldor Shomurodov bu gal 72-daqiqa harakat qildi. 29 yoshli forvardimiz ikki bor gol urishga yaqin keldi. Dastlab, uning zarbasi darvoza to‘siniga tekkan bo‘lsa, keyingisida darvozabon mahorat ko‘rsatdi.
“Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan https://www.siamolaroma.it sayti ekspertlari poytaxtlik futbolchilarning o‘yinini quyidagicha baholadi.
SVILAR 6.5:
Espozitoning zarbasini qaytara oldi. Biroq keyin mezbonlar uning darvozasiga xavf tug‘dira olgani yo‘q. Himoyachilar bilan yaxshi hamkor qildi.
NELЬSSON 6.5:
Juda e’tibor bilan o‘ynadi, to‘plarni egallab olishda faollik ko‘rsatdi. Raqib hujumlarini bir necha bor qaytarishga erishdi.
XUMMELЬS 7:
Boshlang‘ich tarkibga bejiz qaytmaganini ko‘rsatib qo‘ydi. Nafaqat himoyalanishda, balki qarshi hujumlarni tashkil qilishda ham jonbozlik ko‘rsatdi. Biror marotaba xato qilgani yo‘q.
NDIKA 6.5:
Raqib o‘yinchilaridan Kolombo va Espozitoni to‘liq yopib qo‘ydi. Bu gal bexato o‘ynadi. “Empoli” darvozasi tomon ham yurish qildi.
SAUD 6:
Uch oydan keyin boshlang‘ich tarkibga qaytgan saudiyalik futbolchi jamoaga tez moslasha oldi. Doimiy tarzda hujumga qo‘shilib turdi. Ikkinchi bo‘limda faolligi pasaygani uchun Raneri uni zaxiraga oldi.
KONE 7:
Frantsiyalik futbolchining ajoyib o‘yini “Empoli” yarim himoyasini bo‘lib tashladi. Konening o‘zi mezbon o‘yinchilardan ikki-uch nafari nazorat qildi. Shunga qaramay, hujumkorlikda ijodkorlik etishmadi.
PAREDES 7:
Pleymeyker sifatida ustunlik qila oldi. Uzun paslar uzatishda bexato o‘ynadi. Yuqori darajada harakat qildi.
PELLEGRINI 7:
Pellegrini anchadan beri bunaqa ko‘p yugurmagan edi. Keng maydon bo‘ylab kurash olib bordi. Birorta jiddiy kamchilik kuzatilmadi. Jamoadoshlari, xususan, Eldor Shomurodovni ajoyib pas bilan qulay vaziyatga chiqardi.
SALOHIDDIN 6.5:
Eng yaxshi sifatlarini namoyish qila oldi. Matias Sulega golli pas uzatdi. Mana shu yagona gol rimliklarning g‘alabasini ta’minladi. Ayrim xatolar kuzatildi.
SULE 7.5:
Chap oyoq bilan birinchi zarbasiyoq “Empoli” darvozasidan joy oldi. Hujum uyushtirish, jamoadoshlariga pas uzatishda faollik ko‘rsatdi. Kone va Shomurodovni qulay vaziyatga chiqardi.
ShOMURODOV 6:
Juda faol o‘ynadi, maydon ichkarisidan hujum uyushtirishga e’tibor qaratdi, jamoadoshlari uzatgan paslarning barchasini qabul qilib oldi. Raqib himoyachilariga muntazam bosim uyushtirishga harakat qildi. Eldor ikki bor gol urishi mumkin edi. Biroq har ikkala zarbasi darvoza to‘rigacha etib bormadi.
DOVBIK 6:
Eldor Shomurodovning o‘rnini egallagan hujumchi gol urishga harakat qildi. Biroq Baldantsi yuzaga keltirgan vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
BALЬDANTsI 6.5:
Har doimgidek faol harakat qildi. Dovbikka qulay vaziyat yaratib berdi.
RENSh 6.5:
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan himoyachi jismoniy jihatdan ustunligini ko‘rsatdi. Rensh bu gal ham bexato harakat qildi. Jiddiy tarzda kurashdi.
KRISTANTE 6:
Raqib maydon markazida ustunlikni qo‘lga ola boshlagach, Raneri o‘yinga Kristanteni qo‘shdi. Tajribali futbolchi o‘ziga yuklangan vazifani uddaladi.
ANJELINO 6.5:
Anjelinoga jamoadagi asosiy figuralardan biri ekanini namoyish qilish uchun yigirma daqiqa o‘ynagani kifoya qildi. Raqib o‘yinchilarini ancha qiynab qo‘ydi.
RANЬERI 7.5:
Asosiy tarkibda 9 nafar o‘zgarish qildi. Jamoa etakchilariga dam berdi. Shunga qaramay, jamoasi g‘alaba qozonishni uddaladi. Klaudio Raneri qo‘l ostida rimliklar engilmas jamoaga aylanib bormoqda.
Husanovni olib qolib, qolganlarni sotib yubor!
Fikrlar