"Atletiko" bugun "Barselona"ga qarshi qanday taktikada o‘ynaydi?

  • 30 iyun, 2020, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone bugun La Liganing 33-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Atletiko”ni ajoyib futbolchilar to‘p suradigan dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘yin kutmoqda. “Ko‘k-anor ranglilar” mavsum oxirigacha qo‘llarini ko‘tarishmaydi, chunki ular g‘alabaga o‘rganib qolgan.

Mening shogirdlarim “Barselona”ga qarshi  juda ko‘p marta o‘yin o‘tkazishgan, bizning taktikamiz avvalgilaridan u qadar ham farq qilmaydi. Biz himoyada juda ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Atletiko” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!