Axir bu ishni Shomurodov uddaladi-ku!

  • 14 iyul, 2022, 07:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya matbuoti mamlakatning eng mashhur futbolchilaridan Aleksey Miranchukning “Atalanta”dan  “Roma”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni sharhlashga urinmoqda. Ruslar Rim klubini alohida kuzatishi hech kimga sir emas. Birinchidan, bu jamoani butun dunyo futbol ishqibozlari e’tiborida turgan Joze Mourino boshqarmoqda. Ikkinchidan, Rossiya chempionatidan etishib chiqqan Eldor Shomurodov “bo‘rilar” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Jurnalistlar Miranchukning “Roma”ga o‘tishiga Rossiya futboli mutaxassislari munosabatini o‘rgandi.

Igor Kolivanov (“Fodja” va “Bolonya”ning sobiq futbolchisi):

Miranchuk – ajoyib futbolchi. Uning texnikasi, chap oyoqdagi zarbalari va o‘yinni tushunishini alohida ta’kidlayman. Oxirgi ikki yil u juda kam o‘ynadi. Agar u “Roma”ga o‘tsa, endi barcha umid Joze Mourinodan bo‘ladi.  

Men Mourino Miranchukka maydondan joy topib berishiga va hamyurtimiz asosiy tarkibda o‘ynashiga umid qilyapman. Axir Eldor Shomurodov bu ishni uddaladi-ku!

21aa32767aca03fe39bb24170bdce6d3

Nikoloay Naumov: (“Lokomotiv” klubi sobiq prezidenti):

Miranchuk uchun Rim klubiga o‘tish juda katta yutuq bo‘ladi. “Atalanta”da Alekseyning ishlari yurishgani yo‘q. Agar bu transfer amalga oshsa, uning ketishi foydali hisoblanadi va o‘sish bo‘ladi. Oxir-oqibat transfer yuz bersa, bu “Roma” Miranchukning salohiyatini ko‘ra olganidan dalolatdir. Aleksey Rimda avvalgidek o‘ynab ketishi mumkin.

“Atalanta”da qolishdan foyda yo‘q. Miranchuk “Roma”da ham asosiy tarkibga kirish uchun kurashishi mumkin, shunga tezroq ketish kerak. Unga murabbiylar shtabi ishonch bildirmayotgandek ko‘rinmoqda.

Hattoki, Maradona singari buyuk futbolchi ham hamma jamoada o‘ynab keta olmagan va “Napoli”da o‘zini ko‘rata olgan. Hali vaqt bor, Aleksey yosh, Rim klubida o‘zini sinab ko‘rsa arziydi.

aleksej-miranchuk-mozhet-perejti-iz-atalanty-v-romu-kluby-provedut-peregovory_1657699616103543111

Ruslan Nigmatullin (“Verona” jamoasi sobiq darvozaboni):

Haqiqiy qiziqish bo‘lishini kutish kerak, degan fikrdaman. Alekseyga hozir ko‘proq o‘yin amaliyoti beradigan har qanday jamoa to‘g‘ri keladi. “Roma” masalasiga kelsak, bu imkonsiz variantdek ko‘rinmoqda.

“Roma” ayni paytda “Atalanta”dan kuchli va tabiiyki, Rim klubida raqobat ham yuqori darajada. Zaxiraga o‘tirib qolgan o‘yinchining top-klubga o‘tishiga ishonish qiyin.

26 yoshli Aleksey Miranchuk Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu futbolchi xuddi Eldor Shomurodov singari 2020 yili yozgi transferlar davrida A Seriyaga yo‘llanma olgan.

photo_2022-07-13_13-53-43

“Atalanta” o‘sha paytda hujumkor futbolchi uchun moskvaliklarga 14,5 million evro to‘ladi. Miranchuk ikki mavsumdan beri bergamoliklarning asosiy tarkibiga kirishga qiynalmoqda. Bu davr mobaynida Aleksey A Seriyada jami 44 marotaba maydonga tushib, oltitadan gol va assist qayd etdi.

Miranchuk faoliyati davomida umumiy hisobda 298 ta uchrashuv o‘tkazib, 55 ta gol va 53 ta assist muallifi bo‘lgan. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan charm to‘p ustasi 2015 yildan beri Rossiya milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U mamlakati bosh jamoasi uchun 41 ta uchrashuvda oltita gol urgan.

“Atalanta” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadigan o‘yinchining transferi 10 million evroni tashkil qiladi.

O‘runov premer-liga klubi ko‘rigida qatnashgani bormadi! Endi nima bo‘ladi?

Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

           

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!