
“Barsa” jarohat tufayli futbol o‘ynolmay qolgan Fati o‘rniga yangi futbolchi topdi
“Barselona”ning eng katta umidi bo‘lgan Ansu Fati jarohatga uchrab, operatsiya qilindi. 18 yoshli hujumkor futbolchi bu yil boshqa o‘ynay olmaydi. Kataloniyaliklar uning o‘rnini egallaydigan futbolchi topdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Fatining o‘rniga asosiy tarkibga yoshlar jamoasida o‘ynayotgan 19 yoshli Konrad De La Fuente qo‘shib olinadi. Amerikalik bu futbolchi “Barselona” akademiyasiga 2013 yilda qabul qilingan va ikkinchi jamoa tarkibida ikki yildan buyon to‘p tepmoqda.
Konrad ikkinchi jamoa o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay, asosiy tarkib mashg‘ulotlarida ham muntazam shug‘ullanib keladi va uning harakatlari Ronald Kumanga ma’qul kelmoqda. Endi niderlandiyalik mutaxassis yosh futbolchiga imkon berishga qaror qildi.
Fikrlar