
“Barselona” qishda tekinga olinadigan futbolchilar nomini oshkor qildi
Koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan “Barselona” qishki transferlar vaqtida erkin agent maqomida yurgan futbolchilarni olishga qaror qildi.
Hozircha, Ronald Kuman taklif etiladiganlar ro‘yxatiga yarim himoyachilar – Jek Uilshir va Sindzi Kagava, hujumchilar – Maurio Manjukich, Aleshandro Pato va Deniel Starrij kabi tajribali o‘yinchilarni qo‘shdi.
Endi qishki transferlar mavsumi ochilgunicha, “Barselona” mutasaddilari yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar bog‘lanib, hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Fikrlar