Bizga gol urgan Shomurodovni olamiz! Eldorga kutilmagan yangi xaridor chiqdi

  • 3 yanvar, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotgan Eldor Shomurodov qishki transferlar vaqtida o‘ziga yangi jamoa tanlash imkoniga ega bo‘ladi.

Tecno

Hali qishki transfer oynasi ochilmay turib, 29 yoshli hujumchiga “Komo”, “Salernitiana”, “Kalyari” kabi Italiya klublari va Saudiya Arabistonining bir necha jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Endi legionerimizga yana bir yangi da’vogar paydo bo‘ldi.

Taniqli insayder Janluka Di Martsio o‘z saytida ma’lum qilishicha, Eldor Shomurodovni  “Empoli” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.  Bu klub rahbariyati transferni yanvarga mo‘ljallagan.

- “Empoli” o‘z safiga yangi hujumchi qo‘shib olish bo‘yicha ish boshladi. Bu jamoa forvardlaridan Petro Pellegrining jarohat olgani bilan bog‘liq. Toskaniya klubi “Roma”dan Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘zbek futbolchisi asosiy transfer nishoni hisoblanadi.

“Jenoa”, “Spetsiya” va “Kalyari”ning sobiq futbolchisi yanvarda poytaxtni tark etib, “Empoli” safiga qo‘shilishi mumkin, - deb yozdi Janluka Di Martsio.

“Empoli” O‘zbekiston milliy terma jamoasining 29 yoshli  to‘purariga qiziqayotgani bejiz emas, albatta. Chunki bu jamoa oldingi chizig‘ida etarlicha kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda.

Klub olti nafar hujumchini A Seriya ro‘yxatidan o‘tkazgan. Ulardan jarohat olgan Petro Pellegri uchta, Lorentso Kolombo to‘rtta, Sebastyan Espozito oltita to‘p kiritgan. Qolgan uch nafar hujumkor futbolchi – Ola Solbakken, Emmanuel Ekong va Ispael Konate hali bu mavsum gollar hisobini ochgani yo‘q.

Qizig‘i shundaki, “Empoli”da joriy chempionatda faqatgina besh nafar futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Yuqori nomi keltirilgan hujumchilardan tashqari yarim himoyachi Emmanuel Gyassi ikkita va himoyachi Liberato Kakache bitta to‘p kiritishni uddalagan.

Yana bir qiziq ma’lumot. Yozda boshqa klubga o‘tishi kutilgan Eldor Shomurodovning “Roma”da qolishiga A Seriyaning ikkinchi turida aynan “Empoli”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv sabab bo‘ldi. 25 avgust kuni “Olimpiko” stadionida bo‘lgan o‘sha uchrashuvda o‘zbek legioneri 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilganidan uch daqiqa o‘tib, “Empoli” darvozasini ishg‘ol qildi. Keyingi vaziyatda bosh hakam hujumchimizga jarima maydonchasi ichida ishlatilgan qo‘pollik uchun penati belgilamay, xatoga yo‘l qo‘ydi.

Rimliklarning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Daniele de Rossi Shomurodovning harakatlarini ijoiy baholadi va uni jamoada olib qolishga qaror qildi.

O‘sha gol Shomurodov va “Roma”ning mavsumda urgan birinchi goli edi. Bundan tashqari, Eldor joriy chempionatda “Empoli” darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ta’kidlash joizki, Italiya chempionatida ham qishki transferlar bozori bir oy davom etadi. Bu muddat ichida Eldor Shomurodovga yana boshqa takliflar ham chiqishi katta ehtimol. Demak, legionerimiz atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz...

Bizni faqat Shomurodov qutqaradi! A Seriya jamoasi yanvarda legionerimizni oladigan bo‘lyapti...

Gvardiolaning Husanovga munosabati haqida yozishdi

Superklub Husanovga joy ochish uchun mashhur o‘yinchilardan voz kechadi!

Shomurodov qaerda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi! Eldorning 5 daqiqalik o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!