Bu gal Messiga ham, Ronalduga ham non yo‘q. Evropaning eng zo‘r futbolchisi kim bo‘ladi?

  • 23 sentabr, 2020, 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rasmiy saytida 2019-2020 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ushbu tashkilot qaroriga ko‘ra, mavsumning Evropadagi eng yaxshi futbolchisi uch nafar futbolchi orasidan tanlab olinadi. O‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan “Manchester Siti” pleymeykeri  Kevin De Bryuyne, UEFA Chempionlar ligasi g‘oliblari – “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski va darvozabon Manuel Noyer kuchli uchlikka kirdi.

G‘olib nomi 1 oktyabr kuni e’lon qilinadi.

Shuningdek, yana etti nafar futbolchi kuchli o‘nlikdan joy olgan. Lekin ular sovringa da’vogarlik qila olmaydi. Ular bilan natishing:

Lionel Messi (“Barselona”) – 53 ovoz

Neymar (“Pari Sen-Jermen”) – 53

Tomas Myuller (“Bavariya”) – 41

Kilian Mbappe (“Pari Sen-Jermen”) – 39

Tyago Alkantara (“Bavariya” / “Liverpul”) – 27

Yozua Kimmix (“Bavariya”) – 26

Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 25.

Messi va Ronaldu “taxti”ni kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!