Davron Fayziev: "Sergey Kovalyov professional boksda "katta nom" hisoblanadi"

  • 18 dekabr, 2020, 16:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Bektemir Meliqo‘ziev 30 yanvar kuni rossiyalik mashhur charmqo‘lqop ustasi Sergey Kovalyov bilan jang qiladi. Albatta, ushbu jiddiy raqib bilan bo‘ladigan to‘qnashuv borasida nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiyada ham turli fikrlar yangramoqda. Biz ham bu borada o‘zbekistonlik murabbiylar va jurnalistlarning mulohazalarini taqdim etib borayotgan edik. Bu safar ham ushbu an’anani davom ettirgan holda, taniqli sharhlovchi Davron Fayzievning jang borasidagi fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

- Sergey Kovalyov professional boksda “katta nom” hisoblanadi. Taniqli bokschi, nafaqat Rossiya, balki jahonda ham yulduz, desak bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu jang Bektemir uchun har qanaqasiga foyda bo‘ladi. Birinchi navbatda, juda katta auditoriya ko‘radi. Ikkinchidan, tajribasi oshadi. Kovalyov bilan og‘ir jang bo‘lgan taqdirda ham, bu Bektemir uchun katta plyus bo‘ladi.

Hozir taxmin qilish qiyin. Chunki Kovalyovning sport formasi qanday ekanligini bilmayman. Oxirgi marta “Kanelo” bilan jangini ko‘rdik, mag‘lubiyatga uchradi. Lekin juda noldek ko‘rinmadi. Hozirgi kunda “Kanelo” bilan ringga chiqishni o‘zi katta gap. Har holda “Pound for Pound” etakchilaridan biri... Demoqchimanki, rossiyalik bokschi baribir xavfliligini saqlab turibdi. Biroq 5 yil oldingi Kovalyov emas. Shuning uchun Meliqo‘zievda g‘alaba qozonish uchun imkoniyat bor.

Uning ustiga Sergey “Kanelo”ga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rgani kabi hozirlik ko‘rmasligi ham mumkin. Agar, yurtdoshimizni jiddiy qabul qilmasa,  Bektemir bu uchun jazolab qo‘yishi mumkin. Agar, Bektemir nokaut bilan chiroyli tarzda g‘alaba qozonsa, Kovalyovning faoliyatiga nuqta qo‘ygan bokschiga ham aylanishi turgan gap.  Shunaqa variant ham bor. Nima bo‘lgan taqdirda ham omad tilaymiz va chin dildan muxlislik qilamiz. O‘ylaymanki, Bektemir Meliqo‘zievni professional ringda yorqin kelajak kutib turibdi.

Sergey Kovalyov Bektemir Meliqo‘ziev bilan jang borasida o‘z fikrini bildirdi

Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov jangida kimning imkoniyati yuqori? Boks mutaxassislari javob berdi

Qudratillo Abduqahhorov AQShda "Elite pro boxing" zalining eng mashhur vakili bilan sparring janglar o‘tkazdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!