
Dzyudochilarimiz uchun birinchi kun yakunlandi
Bugun Germaniyaning Dyusseldorf sharida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Afsuski, ayni damga kelib, vakillarimizning bugungi ishtiroki yakunlandi. Diyorbek O‘rozboev ikkinchi davrada ozarbayjonlik Vugar Shirinliga qarshi bahs olib borib, imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir polvonimiz Doston Xoliqulov ukrainalik Georgi Zantariya to‘sig‘idan o‘ta olmagan.
Ertaga 73 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida G‘iyosjon Boboevning chiqishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Fikrlar