
Endi bu pozitsiyada o‘zbek legioneri o‘ynaydi!
Yakunlangan mavsumda Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasida TsSKA sharafini munosib himoya qilgan bo‘lsa, yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev va himoyachi Rustamjon Ashurmatov “Rubin”da o‘ynadi.
Mavsum 27 yoshli Rustam Ashurmatov uchun muvafffaqiyatli o‘tdi, deyish mumkin. 2023 yilning boshida “Rubin” qo‘shilgan hamyurtimiz yakunlangan mavsumda ilk bor Premer-ligada ishtirok etdi.
Chempionatning ikkinchi yarmidan Rustam Ashurmatov jamoa asosiy tarkibining muqim o‘yinchisiga aylandi.
Qozon shahri sharafini himoya qilayotgan klub jamoa markaziy himoyachisi Aleksandr Martinovich bilan xayrlashganini rasman ma’lum qildi. “Rubin”ga 2022 yilning yozida olib kelingan belaruslik asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lgan. legioner jamoaga Rustam Ashurmatov kelguniga qadar asosiy tarkib o‘yinchisi edi.
“Rubin” klubida himoyachilar o‘rtasida raqobat kattaligi bois, rahbariyat Aleksandr Martinovichga javob berib yuborgan. Tajribali futbolchi maydondagi pozitsiya jihatidan Rustamjon Ashurmatov bilan bir joyda o‘ynaydi. Ya’ni, har ikkisining asosiy ampluasi markaziy himoyachi va qo‘shimchasiga o‘ng qanot himoyasida ham o‘ynay oladi.
Qolaversa, jamoada legionerimizdan tashqari, Egor Teslenko, Aleksey Gritsaenko, Igor Vuyachich kabi mohir markaziy himoyachilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Rustamjon Ashurmatov Rossiya Premer-ligasida 14 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Himoyachimiz mamlakat kubogida ham besh marotaba maydonga tushdi va raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Premer-digani sakkizinchi o‘rinda yakunlagan liga debyutanti “Rubin” kelasi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.
Jamoa futbolchilari 20 iyun kuni ta’tildan qaytadi. Ertasiga ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Qozon shahrida tashkil etiladi.
Rossiya Premer-ligasining 20 iyul kuni start oladi.
Fikrlar