
Fati “Barsa”da qolmoqchi emas
“Barselona”da yaqin kelajakda Messining o‘rnini egallashi kutilayotgan Ansu Fati kataloniyaliklar tarkibida uzoq ushlanib qolmoqchi emas.
U hali jamoa bilan yangi bitim imzolagani yo‘q. Klub rahbarlari 2019 yilda uch yilga tuzilgan hamkorlik shartnomasini avtomatik tarzda 2022 yilning yozidan 2024 yilning iyunigacha uzaytirmoqchi.
Lekin Fatining manfaatlarini himoya qilayotgan otasi va taniqli agent Jorje Mendesh kelishuvning bir tomonlama uzaytirilishiga qarshi chiqmoqda.
FIFA reglamentiga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan uch yildan ortiq muddatga shartnoma tuzish taqiqlanadi. “Barselona” Fati bilan amaldagi bitimni imzolagan vaqtda futbolchi 17 yoshda bo‘lgan.
Fikrlar