Fayzullaev kutilmaganda paydo bo‘ldi!

  • 28 dekabr, 2023, 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abbosbek Fayzullaev O‘zbekistonning 2023 yildagi eng zo‘r o‘yinchisi, deb topildi. Bu individual sovrinning qo‘lga kiritishida hujumkor futbolchimizning xalqaro va klublar miqyosidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari asos bo‘ldi.

Rossiya Premer-ligasida qishki tanaffus e’lon qilingani bois, ushbu mamlakat futbol ekspertlari chempionatning birinchi qismini tahlil qilmoqda. Bu jarayonda ularning aksariyati TsSKA debyutanti Abbosbek Fayzullaevning iqtidoriga alohida e’tibor qaratmoqda.

2023_10_29_036

Sports.uz  portali o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga rossiyalik futbol ekspertlarining Abbosbek Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarini havola etadi.

Yuriy Syomin, “Lokomotiv” (Moskva) klubining sobiq bosh murabbiyi:

Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasiga kutilmagan tashrifi bilan hammani hayratga soldi. Keyin esa, o‘zining futbolni tushunish qobiliyati bilan barchaning qalbini zabt etdi. TsSKAda Fayzullaevning pozitsiyasida taniqli legioner ko‘p bo‘lishiga qaramay, o‘zbek futbolchisi asosiy tarkibga tez kira oldi.

Hech kim tanimaydigan yigitcha O‘zbekiston chempionatidan kelib va darrov bizning ligamizda yuqori darajada o‘ynay boshladi.

Vyacheslav Chanov, TsSKAning darvozabonlar bo‘yicha sobiq murabbiyi:

Fayzullaev – yil kashfiyoti. Hamma bu transferga shubha bilan qaragan edi. Chunki Abbosbek bo‘y-basti va jismoniy ko‘rsatkichlari yuqoriligi bilan yaqqol ajralib turmaydi.

Lekin u TsSKAning o‘yinini hal qiladigan futbolchi bo‘lib chiqdi. Fayzullaev TsSKAning asosiy o‘yinchilaridan bo‘lishini istaymiz. Endi Abbosbek bu borada barqarorlikka erishishini kutib qolamiz.

Andrey Eshenko, “Spartak”ning sobiq futbolchisi:

Fayzullaevni birinchi davraning eng zo‘r o‘yinchisi, deb e’tirof etish mumkinmi? Abbosbek so‘nggi uchrashuvlarni zo‘r o‘tkazdi. Ilgari Pinyaev ham faoliyatini zo‘r boshlagandi, keyinchalik yo‘qolib qoldi.

Fayzullaev ham hech bo‘lmasa bir mavsumni yoki kelajakda qanday o‘ynay olishini kuzatib borishimiz kerak.

Igor Rabiner, sharhlovchi:

Rossiyaning bir necha klublari rad etgan yosh o‘zbek futbolchisining kelib, kelajakda emas, darrov jamoaga yordam berishini hech kim kutmagan edi. Shunga qaramay, Fayzullaev juda qisqa fursatda TsSKA hujumining asosiy figurasiga aylandi.

Fayzullaev o‘z harakatlari bilan jamoasining boshqa chiziqlardagi muammolarini ham yopib berdi. 

Bu futbolchining kreativ o‘yinlari, raqib jarima maydonchasi yaqinida va ichida hech kim kutmagan qarorlarini kuzatib borish odamga huzur bag‘ishlaydi.

30771.121562.IMG_4000

Abbosbek Fayzullaev TsSKA safida barcha turnirlarda 18 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Bugungi kunda iste’dodli futbolchimizning transfer summasi 4 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
28/12/2023 08:56
Просмотр купрок булсин деб 100 марта сарлавха алмаштираверинглар.Хэ.калланга койилимиз,дол.....блар.