Fayzullaev "uchdi"!

  • 6 oktabr, 2023, 08:00
  • 2
  • Futbol

Rossiya Premer-ligasining 10-turi yakunlariga ko‘ra, mutaxassislar turli statistik ma’lumotlarni tahlil qilmoqda.

Ekspertlar mazkur turda eng tez yugurgan futbolchilarni aniqlandi. Kuchli beshlikdan TsSKAda o‘ynayotgan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev ham o‘rin oldi.

Moskva “armiyachilari” o‘ninchi turda o‘z maydonida “Baltika” futbolchilarini qabul qildi.  Bu bahsda legionerimiz to‘liq o‘ynadi. Abbos har galgidek, ancha faollik ko‘rsatdi. TsSKA beshta g‘alabasiz o‘yinidan keyin, nihoyat uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu bellashuvda Abbos Fayzullaev tezligini ham namoyish etdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ligada ikkinchi o‘rinni oldi.

O‘ninchi turning eng tezkor futbolchisi sifatida “Axmat” futbolchisi Kamilo e’tirof etildi. U soatiga 33,97 kilometr tezlikda yugurdi.

Kamilodan keyingi o‘rinda qayd etilgan Abbosbek Fayzullaevning tezligi  soatiga 33,87 kilometrni tashkil qildi.

Kuchli beshlikdan “Orenburg” futbolchisi Brayan Mansilya, “Dinamo Moskva” himoyachisi Roberto Fernandes va “Zenit” himoyachisi Duglas Santos o‘rin oldi.

photo_2023-10-04_23-33-26

Qizig‘i shundaki, tezkorligini namoyish etgan futbolchilarning hammasi legionerlardir. Kamilo va Duglas Saton Braziliya, Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston, Brayan Mansilya Argentina, Roberto Fernandes Paragvay vakillaridir.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari va shaxsan Abbosbek Fayzullaevning muxlislari uchun yana bir qiziqarli ma’lumotni taqdim etamiz.

TsSKA klubi ijtimoiy tarmoqdagi telegramm sahifasida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda qatnashgan 30 ming nafarga yaqin muxlis olti nafar o‘yinchiga ovoz berdi.

Eng ko‘p – 81 foiz ovozni Abbosbek Fayzullaev to‘pladi. So‘rovnomada qatnashganlarning 7 foizi Fyodor Chalovga, 4 foizi Anton Zabolotniyga, 3 foizi Viktor Davila hamda Kellvenga, 2 foizi Ivan Oblyakovga ovoz bergan.

Avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasida jami beshta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etdi.

Sentyabr oyida Abbos uchta uchrashuvda maydonga tushdi. “Krilya Sovetov” bilan bahsda golli pas uzatib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, “Rostov”ga qarshi bellashuvda gol urib, hisobni tenglashtirdi hamda “Baltika” bilan g‘alabali o‘yinda tezligini namoyish qila oldi.

- TsSKAdagi Fayzullaev kabi tana tuzulishiga ega o‘yinchilarning bizning ligamizda muvaffaqiyatli o‘ynay olishiga ko‘pinchi shubha bilan qarashga odatlanganmiz. Rossiya Premer-ligasi futbolchidan jismoniy quvvat va atletizmni talab qiladi, degan tushuncha paydo bo‘lib qolgan.

Mana hozir bo‘yi baland bo‘lmagan, jismonan ixcham, biroq tezkor, muvozanatni yaxshi saqlay oladigan texnikasi zo‘r  yigit paydo bo‘ldi. Abbos kurashdan mutlaqo qochmayapti, qo‘rqmay yakkama-yakka kurashlarga kirishyapti uryapti, gavdasi kichikligiga qaramay, o‘zini kurashga uryapti va ularda yutib chiqyapti.

Fayzullaev qo‘rqmas va texnikasi zo‘r o‘yinchi ekani uning yutug‘i va bu omillar uni chempionatimizning yorqin futbolchisiga aylantirdi.

Abbosning yoshi va futbolchilik sifatlari, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi ekanidan kelib chiqib,  kelajakda mahorati va transfer summasi yanada oshishiga salohiyati va imkoniyatlari etarlidir.

Shu o‘rinda, TsSKA bu o‘yinchini olib, katta tavakkal qilishdan qo‘rqmaganini ta’kidlash kerak. Bugungi kunda Fayzullaev o‘z o‘yini bilan bu transferni ortig‘i bilan oqlayapti, - dedi rossiyalik futbol eksperti Aleksandr Tilman.

image_2023-09-17_11-06-47

Endi TsSKA futbolchilari Premer-liga 11-turining markaziy uchrashuvida “Spartak” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Poytaxt derbisi 8 oktyabr kuni o‘tkaziladi.  

Ana xolos: Shomurodov o‘rnini yoshlarga bo‘shatib beradi!

Yaxshiboev Ronaldu qilgan ishni uddaladi!

Raneri Shomurodov haqidagi savolga javob berdi

Xorijlik ekspertlar Fayzullaevga tan bera boshladi

Fayzullaev Evropaga ketishga tayyorlanyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
07/10/2023 09:41
Аббос хар ўйинда 1та2тадан гол урмаса хисобмас.У бунга қодир.
Abdullayev Maxamadjon
06/10/2023 15:31
омадини берсин