Raneri Shomurodov haqidagi savolga javob berdi

  • 3 oktabr, 2023, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya autsayderiga aylanib qolgan “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri ettinchi turda Florentsiyada jamoasi “Fiorentina”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tecno

Bu uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlagan Eldor Shomurodov yana o‘zini ko‘rsata olmadi va birinchi bo‘limdan keyin zaxiraga olindi.

gettyimages-1702452922-612x612

- Shogirdlaringizning o‘yinga munosabatidan xafsalangiz pir bo‘ldimi?

- Menga shogirdlarimning xotijramlikni yo‘qotmagan ma’qul keldi. Biz raqibning qanday o‘ynashini bilardik, lekin ularni to‘xtata olmadik. Birinchi goldan keyin hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Bu juda yaxshi imkoniyat edi. Texnik jihatdan kuchli raqibga qarshi uchrashuvning yigirmanchi daqiqasida hisob 2:0ga etdi. Biz murakkab vaziyatga tushib qoldik.

O‘yinning ikkinchi yarmida o‘zgarishlar orqali jamoaga yordam berishga urindim. Biz juda ko‘p  xatoga yo‘l qo‘ydik va qat’iyatsizlik qildik. Endi ko‘p gapirmasdan, muxlislardan uzr so‘ragan holda yana ishga sho‘ng‘iymiz. Men hammasini tartibga solishim kerak.

- O‘yinchilar qay ahvolda?

- Ularning boshi egilgan. Insonning haqiqiy kuchi yiqilgandan keyin qayta tura olishida ko‘rinadi. Kuchli jamoaga  yutqazdik. Keyinga gal ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

- Nega hujum chizig‘iga Andrea Petanya va Eldor Shomurodovni tanladingiz?

- Biz tanaffusgacha ikkita to‘p o‘tkazib yuborishimizni kutmagan edim. Men Oristanio ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, o‘zini ko‘rsatadi, deb o‘ylagandim. Shundoq ham u va Prati jamoaga yaxshi impuls bera oldi. Biz qanchalik harakat qilmaylik baribir bu gal ham ortda qoldik. Lekin qo‘limizdan kelganini  qildik.

- Nandes gol urganida 1:1 hisobi nimadir o‘zgartirishi mumkinmidi?

- Balki bu holatdan keyin jamoaning ruhiyati ko‘tarilgan bo‘larmidi... Lekin gap boshqa, maydondagi ish boshqa.

- Hozirgacha nimani o‘rgandingiz?

- A Seriyaning talab va sifatlari V Seriyadan keskin farq qiladi. Ilgari quyi ligada holatni o‘nglay olgan vaziyatlarimiz bu erda ish bermayapti. Yuqori divizionda sizni darrov jazolashadi.

- Radunovichning muammolarini qanday bartaraf etish mumkin?

- Men yigitlarning har biri bilan gaplashyapman. Men ularning fanday fikrda ekanini bilishni xohlayman. Oldindi bitta o‘yinimiz bor. Keyin tanaffus e’lon qilinadi. Radunovichga kelsak, men unga yana ikki o‘yinda imkon berishimni, u esa, menga nimalarga qodirligini isbotlashi kerakligini aytdim.

225310466-206fe3f4-8430-4f7f-8f01-b1454c2c5fb7

Ta’kidlash joiz, "Kalyari" futbolchilari A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 8 oktyabr kuni o‘z maydonida "Roma"ga qarshi o‘tkazadi. Bu bellashuv asli transfer huquqi Rim klubiga tegishli bo‘lgan Eldor Shomurodov uchun printsipial ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Xavfli zarba bergan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Xorijlik ekspertlar Fayzullaevga tan bera boshladi

Fayzullaev Evropaga ketishga tayyorlanyapti!

Legionerlarimiz tarixiy chempionlik ostonasida

Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...

Legionerimiz qahramonlar qatorida

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!