Fayzullaev va “Bavariya” masalasiga Germaniyadan javob bo‘ldi

  • 12 fevral, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi etakchisiga aylangan Abbosbek Fayzullaevning Evropa kuchli ligalariga o‘tish imkoniyati eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hisoblandi.

Tecno

Ayniqsa, Abbosbek Fayzullaevning Qatardagi Osiyo kubogida yaxshi o‘yin ko‘rsatgani uning transferi borasidagi turli fikr-mulohazalarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

IMG_1343

Ayrim insayderlar 20 yoshli futbolchimizga Evropa grandlaridan biri - Bundesliganing ko‘p karra chempioni “Bavariya”dan qiziqish bo‘layotgani va Abbosbek Fayzullaev myunxenliklarning kuzatuvida ekani haqida ma’lumot tarqatdi.

Aynan mana shu masalaga “Bavariya” faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan germaniyalik eurnalist Tobias Altshaffl oydinlik kiritdi. Rossiyaning “Match TV” sayti xabariga ko‘ra, Bild nashri jurnalisti bu masala borasida o‘z qarashlarini quyidagicha bildirgan.

- Bilishimcha, Abbosbek Fayzullaev “Bavariya”ni qiziqtirgan futbolchilar ro‘yxatiga kirmaydi. Germaniya klubi skautlari Rossiya va Osiyo bozorini faol tarzda o‘rganib chiqmaydi, - dedi Tobias Altshaffl.

Rossiya futbol jamoatchiligi ham Abbosbek Fayzullaev haqida o‘z fikrlarini bildirishda davom etmoqda.

- Abbosbek Fayzullaev TsSKAda zo‘r ochildi. Men uning Osiyo kubogidagi o‘yinlarini ham ko‘rdim. Bu juda yaxshi darajadagi o‘yinchi va kelajakda zo‘r futbolchi bo‘lishi mumkin.

Avvallari ham bizning chempionatimizga O‘zbekistondan doim yaxshi futbolchilar, texnikasi zo‘r va to‘p bilan yaxshi ishlay oladigan o‘yinchilar kelgan, - dedi Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Yuriy Jirkov.

- TsSKA Fayzullaevning transferidan yutganini bemalol aytishimiz mumkin. Klub selektsiya xizmati zo‘r ishladi va juda yaxshi futbolchi qo‘lga kiritildi.

Buni bozordagi meva misolida tushuntirish mumkin. TsSKA endi juda sifatli mahsulotga ega bo‘ldi, endi vaqti o‘tib qolmasdan undan unumli foydalanib qolish kerak.

Fayzullaev Rossiya chempionatida yaxshi o‘ynayapti va Osiyo kubogida ham o‘zini ko‘rsata oldi. Shu bois, Abbosni Evropaning kuchli klublari kuzatib borayotgani aniq.

TsSKA klubida futbolchilarni Evropaga muvaffaqiyatli transfer qilish bo‘yicha boy tajriba bor. “Armiyachilar” Fayzullaev masalasida ham xuddi shunday yo‘l tutishi mumkin, - dedi Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maksim Demenko.

IMG_1365

Eslatib o‘tamiz, Abbosbk Fayzullaev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga transfer qilingan edi. Bu savdodan “Paxtakor” 500 ming evro ishlab oldi. Rossiyadagi muvaffaqiyatli faoliyati sababli 20 yoshli legionerimizning narxi bir necha baravar oshib, yil oxirida 4 million evroga ko‘tarildi.

Qatardagi Osiyo chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan Fayzullaev beshta uchrashuvda ikkita gol va bitta assist qayd etdi. Mutaxassislar yangi reytingda Abbosning transfer summasi yana ko‘tarilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Legionerimiz gol urdi

O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!