
Frantsiyaga boradigan legionerimizning narxi oshdi
Keyingi yillarda Belarus oliy ligasi, ayniqsa, “Enernetik-BGU” jamoasi o‘zbek futbolchilarini Evropaga tanitishi yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.
Xususan, ushbu jamoada 2022 yilning boshidan beri o‘ynab kelayotgan 19 yoshli hamyurtimiz Abduqodir Husanov Frantsiya vitse-chempioni “Lans” skautlari nazariga tushdi.
Belarus matbuoti o‘zbek legioneri frantsuzlar bilan shartnoma tuzganini aytmoqda. Uning “Energetik-BGU” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning oxirigacha ekanin inobatga olib, ko‘pchilik frantsiyaliklar o‘zbek futbolchisi transferi uchun qancha to‘lashiga chiziqmoqda.
Bu orada transferlarga ixtisoslashgan www.transfermarkt.world portali 11 iyul kuni Belarus chempionatidagi futbolchilarning transfer summalarini yangiladi.
Abduqodir Husanov “Bunyodkor” yoshlar jamoasi safidan “Energtik-BGU”ga o‘tganidan keyin oradan yarim yil o‘tib, ilk bor www.transfermarkt.world portalida unga narx belgilandi. 2022 yilning 17 iyulida hamyurtimiz 150 ming evroga baholangan edi.
Bir yil ichida markaziy himoyachining transfer summasi bir necha baravar oshdi. Bugungi kunda bu summa 400 ming evroga etdi.
Umuman olganda, Belarus chempionatida 389 nafar o‘yinchi tep tepmoqda va shulardan 19,5 foizini xorijlik charm to‘p ustalari tashkil qiladi. Bu songa o‘girganda ligada 76 nafar legioner bor, degani.
Oliy ligada jami Evropa, Osiyo, Amerika va Afrika qit’alarining jami 24 mamlakatidan kelgan futbolchilar mahorat ko‘rsatmoqda. Eng ko‘p futbolchi belaruslarga qardosh bo‘lgan Rossiya vakillaridir. Ular 25 nafarni tashkil qiladi. Qolgan davlatlar vakillari bittadan ko‘pi bilan beshtagacha.
O‘zbekistonlik futbolchilardan uch nafari mavsumni Belarus oliy ligasida boshlagan edi. Biroq, Shahzod Ubaydullaev o‘yin amaliyoti berilmagani uchun “Shaxtyor”ni tark etdi.
Yana ikki o‘yinchimiz “Energetik-BGU”dagi faoliyatini davom ettirayotgan edi. Bu yilgi chempionatda sakkizta uchrashuvda bitta gol urgan Abduqodir Husanov Frantsiyaga yo‘l oladigan bo‘lsa, endi bu mamlakatda bitta vakilimiz qoladi.
“Energetik-BGU”dagi 18 yoshli hujumchimiz Amirbek Bakaevning bu jamoada o‘ynayotganiga yaqinda bir yil bo‘ladi. “So‘g‘diyona”ning yoshlar jamoasidan to‘g‘ri Belarus oliy ligasiga kelgan Amirbek minsklik talabalar safidan joy olganida transfer summasi 50 ming evro etib belgilangandi. Joriy mavsumda o‘n marta maydonga tushgan markaziy hujumchining transfer summasi 75 ming evroga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Belarus chempionatida o‘zbek futbolchilari o‘zidan yorqin iz qoldirib kelmoqda. Xususan, "Energetik-BGU”da porlagan Jasur Yaxshiboev, Shahboz Umarov, Bobur Abduxoliqov Evropa tomonlarda ancha tanildi.
Bu yilgi kashfiyot sifatida Abduqodir Husanovni e’tirof etishimiz lozim. Mana shu futbolchilarimizning bari O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga aylangani ularning yutug‘i sifatida baholanadi.
Tezkor! Husanov Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan Frantsiya klubi bilan shartnoma tuzdi
Ana xolos: Legionerlarimiz jamoasiga bir milliarddan ko‘proq pul berildi!
Legionerimizning goli jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi!
To‘purar legionerimizga qimmatbaho raqobatchi keldi!
Legionerimizning goli finalga yo‘l ochdi! Oldinda final!
Fikrlar